Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Navro‘z mojarosi: Chiroqchida 35 yoshli erkak 34 yoshli fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi

Navro‘z mojarosi: Chiroqchida 35 yoshli erkak 34 yoshli fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi

Navro‘z bayramini qay tartibda nishonlash to‘g‘risida bahslashib qolgan chiroqchilik sinfdoshini pichoqlab o‘ldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020 yil 14 fevral kuni kechki payt sodir bo‘lgan. 

Chiroqchi tumanining To‘qmor qishlog‘ida yashovchi 1986 yil tug‘ilgan S.YA. 1985 yil tug‘ilgan N.O. bilan Navro‘z bayramini qay tartibda nishonlash haqida tortishib qoladi. O‘zaro tortishuv pichoqlash bilan yakunlanadi. N.O. jahl ustida S.YA. ga pichoq urib, uni yaralaydi. Shifoxonaga olib ketilayotgan S.YA. yo‘lda vafot etadi. 

Ayni paytda N.O. qo‘lga olingan. Tergov-surishtiruv jarayonlari  boshlangan. 

Kiritildi: 09:06 17.02.2020. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!