Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Navoiyda o‘qituvchilar ta’til vaqtida paxta terdi: XTV holatni o‘rganmoqda

Navoiyda o‘qituvchilar ta’til vaqtida paxta terdi: XTV holatni o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vazirligi Navoiy viloyatining Karmana tumanida paytida maktab o‘quvchilari paxta terimiga jalb etilgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

XTV xabarida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati hamda Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holatni o‘rganmoqda.

Vazirlik bu kabi holatlarning oldini olish va tizim xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida virtual inspektor ishga tushirilganini eslatib o‘tgan.

Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganida yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz (http://ovoz.uzedu.uz/) sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.

 

Kiritildi: 14:37 06.11.2019. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!