Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda “tajribali” qo‘shmachiga jazo tayinlandi

Navoiyda “tajribali” qo‘shmachiga jazo tayinlandi

Navoiyda ijara uyida fohishaxona ochgan fuqaroga jazo tayinlandi.

Oliy sud axborot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro 2019 yil 2 avgust kuni o‘zi ijarada yashab kelayotgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida 100 ming so‘m evaziga SH.A. va K.S.ning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib, ularga shart-sharoit yaratib berganligi o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlangan. 100 ming so‘m miqdordagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga iqrorlik bildirmasdan, go‘yoki xonadoniga o‘sha kuni uning tanishlari kelganligi va ular birga shunchaki o‘tirib spirtli ichimlik iste’mol qilganliklarini vaj qilgan. Shu bilar birga,  yoshini va oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Ta’kidlanishchia, u ilgari ham shunga o‘xshash jinoyatni sodir etgan.

Uning aybi sud majlisida tekshirilgan va to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan to‘liq isbotlangan. Sud sudlanuvchini O‘zbekiston Jinoyat koleksi 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi va unga 1 yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

 

Kiritildi: 11:24 04.10.2019. O'qildi: 2950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!