Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Navoiyda qarzdordan olingan 4.800 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi

Navoiyda qarzdordan olingan 4.800 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi vaqtida ta’minlab kelinmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘yicha Karmana tuman sudining 29.09.2025 yildagi qarzdor A.O.dan daliliy ashyo tariqasida olingan jami 4.800 dona alkagol mahsulotlarni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga 06.10.2025 yilda kelib tushgan bo‘lib, shu kuni ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida markaziy chiqindixona hududida, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi, Karmana tuman bo‘limi, tegishli soha xodimlari hamda xolislar ishtirokida ijro hujjatida ko‘rsatilgan daliliy ashyo sifatida olingan mol-mulklar sindirish va ko‘mib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Bundan tashqari, shu sudning ijro hujjatlariga asosan qarzdorlardan daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yilgan 175 quti tamaki mahsulotlari hamda dori vositalari yo‘q qilinib, ijro ishlari ish yurituvidan tamomlandi.

Kiritildi: 20:05 22.11.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!