Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiyda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiy viloyatida noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar guruhi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1990–1999 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh aniqlangan. Ular “1payment” va “P2P Trade” nomlari ostida noqonuniy kriptovalyuta almashinuvini tashkil etib, umumiy qiymati 104 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan operasiyalarni amalga oshirishgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida jinoyatchilar kriptovalyuta bitimlarini yashirish maqsadida turli shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalaridan foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Ularning yashash manzillaridan 68 ta bank kartasi, 12 ta mobil telefon, 8 ta SIM-karta va 2 ta kompyuter daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchilarning faoliyati boshqa noqonuniy moliyaviy sxemalar bilan bog‘liqligini ham tekshirmoqda.

Kiritildi: 23:25 04.10.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!