Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda kon ishchisi fojiali vafot etdi

Navoiyda kon ishchisi fojiali vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli «Auminzo-Amantay» konida BELAZ 7513 avtosomasvali yonib ketgani, haydovchi kuyish jarohati olib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 17:00 larda, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasiga qarashli, Avtomobil transporti boshqarmasida haydovchi bo‘lib ishlovchi 1991 yilda tug‘ilgan Y.SH. MKBning «Auminzo-Amantoy» koni hududida o‘zigi biriktirilgan garaj raqami №631 bo‘lgan «Belaz» rusumli avtosomasvalda tog‘ jinslarini tashish vaqtida, avtosamosvalning old chap g‘ildirak shinasi yorilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Oqibatda yong‘in avtosomasval kabinasiga ham o‘tib, haydovchi Y.SH. kuyish tan-jarohati olgan va unga Zarafshon shahrida joylashgan Tibbiy sanitariya qismida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra u Buxoro shahrida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Y.SH. 30 sentyabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sudga oid tibbiy va komission ekspertizalar tayinlangan.

Kiritildi: 14:18 03.10.2022. O'qildi: 3734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!