Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda harbiy tuzilmalarning tungi o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi

Navoiyda harbiy tuzilmalarning tungi o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi

Bugun Navoiy shahridagi harbiy tuzilmalar bilan hamkorlikda Bunyodkor ko‘chasi va unga tutash yo‘llarda tungi soat 20.30 dan 21.30 gacha shahar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta masshtabdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi, deya xabar qildi Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati.

O‘quv mashg‘ulotlariga Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarlik qiladi.

«Shu munosabati bilan shahar aholisini xavotir olmaslikka chaqirib, yo‘llarda harbiy texnikalar, xizmat mashinalari hamda qurolli bo‘linmalar harakatlanishida yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 05:30 23.07.2019. O'qildi: 996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!