Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda 5 yoshli qizaloq mudhish jinoyat qurboni bo‘ldi

Navoiyda 5 yoshli qizaloq mudhish jinoyat qurboni bo‘ldi

2020 yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir etilgan mudhish qotillikka voyaga yetmagan o‘smir sababchi bo‘ldi. 2004 yil Zarafshon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, maktab o‘quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi B.Q. joriy yilning 8 iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan. B.Q. amakisi – 1985 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi E.T.ning o‘gay qizi, ya’ni 2015 yil Nurota tumanida tug‘ilgan,  Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi, voyaga yetmagan M.A.ni oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.A.ning onasi, ya’ni 1988 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1 nafar farzandi bor, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi M.D.ga ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni payda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining “Jonlantirish bo‘limi”ga yotqizilgan.

– Oiladagi nosog‘lom muhit, ruhiyat va ongning mo‘rtligi, mehrsizlik hamda itoatsizlik qonli zo‘ravonlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi,  – deydi viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik I.Tillayev. – Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ota-onaning farzand tarbiyasidagi e’tiborsizligi 5 yoshli qizaloqni qurbonga aylantirdi. Axloqiy hamda jismoniy tarbiyasizlik har qanday jinoyatning bosh omilidir. Gumonlanuvchining jazodan qochishga urinishi, qotillikda o‘zini aybdor his etmasligi uni javobgarlikdan ozod etmaydi. Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida, gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olindi.

Kiritildi: 15:37 11.07.2020. O'qildi: 5769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!