Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda 3 ta jinoyatdan "omon chiqqan" shovvoz to‘rtinchisiga qo‘l urdi

Navoiyda 3 ta jinoyatdan "omon chiqqan" shovvoz to‘rtinchisiga qo‘l urdi

Navoiy. 2019 yil 5 dekabr kuni no’malum shaxs Navoiy shahar Nizomiy ko‘chasidagi uylarning biriga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonada bo‘lgan oq rangli temir seyf ichidagi fuqaro X.Q.,ga tegishli fuqarolik pasporti, bir dona bahosi 500.000 so‘mlik ayollar tilla uzugi, 13.000.000 so‘m va 220 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda qo‘lga kiritib, jami 15.592.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 05 dekabr kuni Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni M.G. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov jarayonida M.G. muqaddam xuddi shunga o‘xshash yana 3 ta o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etganligi aniqlanib undan o‘g‘irlangan boyliklarning bir qismi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:44 27.03.2020. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!