Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov o‘q otish mashqlarini qanday bajardi?

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov o‘q otish mashqlarini qanday bajardi?

Kecha, 1 mart kuni ilk bor Markaziy harbiy okrugga qarashli O‘zbekistondagi eng katta poligon – “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoniga Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boshchiligida Senator va deputatlar tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Harbiy libosdagi Senator va deputatlarga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov hamrohlik qildi va poligonda harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rsatdi.

Shu kuni faxriylar, harbiy prokurotura xodimlari, Senator va deputatlar tomonidan poligondagi harbiy shaharcha hududiga 200 ga yaqin ko‘chat ekildi.

Shundan so‘ng 45 nafar senator va deputat amaliy o‘q otish maydoniga yo‘l oldi. U yerda mehmonlar qurollardan amalda o‘q otishdi.

Dastlabki 6 dona o‘q sinov tariqasida, keyingilari baho uchun otildi. Otish tayyorgarligi va uning baholanib borishiga polkovnik Qahramon Achilov mas’ul etib belgilandi. Birinchi marotaba o‘q uzishlariga qaramasdan, natijalar yomon bo‘lmadi. Unga ko‘ra, 8 ta “a’lo”, 13 ta “yaxshi” hamda 21 ta “qoniqarli” baho qo‘yildi. Uch nafar deputat esa Navoiy shahriga “qoniqarsiz” baho bilan qaytadigan bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida senator va deputatlarga hamda “Harbiy-vatanparvarlik sport lageri”da 5 kun davomida faollik ko‘rsatgan yoshlarga Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Harbiy orkestr ijrosidagi “Jangovar safda” nomli ko‘rgazmali hamda qo‘l jangi chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.

 

Kiritildi: 18:55 02.03.2020. O'qildi: 4353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!