Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navbatdagi debat: Tramp va Bayden odob-axloq qoidalariga tupurishdi

Navbatdagi debat: Tramp va Bayden odob-axloq qoidalariga tupurishdi

Respublikachilar partiyasidan va Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden munozarani tugatib, xayrlashishmadi ham.

Raqiblar odob-axloqning rasmiy qoidalarini e’tiborsiz qoldirishdi va bahs oxirida qo‘l berib ko‘rishishmadi. Ular jimgina turli yo‘nalishlarga tarqalib, xotinlari bilan birga olomon bilan xayrlashishdi va zalni tark etishdi.

Demokrat va Respublikachilar o‘rtasidagi bahs 23 oktyabr kuni Belmont universitetidagi konferens zalining sahnasida bo‘lib o‘tdi. Muhokama taxminan bir yarim soat davom etdi va shu vaqt ichida Bayden va Tramp oltita masalaga to‘xtalib o‘tdilar.

Debat davomida AQShning amaldagi prezidenti raqibi Jo Baydenni Rossiyadan pul olganlikda aybladi. Bayden Rossiyadan 3,5 million dollar olgan, dedi u. Shu bilan birga, Tramp o‘zi hech qachon Rossiyadan pul olmaganligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 11:40 23.10.2020. O'qildi: 2737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!