NATOning “Steadfast Noon” yillik yadroviy mashg‘ulotlari 14 oktyabr, dushanba kuni boshlandi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"NATO dushanba kuni "Steadfast Noon" yillik yadroviy mashg‘ulotlarini boshlaydi, 60 dan ortiq samolyot G‘arbiy Yevropada o‘quv parvozlarida qatnashadi. Ushbu yadroviy mashqlar rejalashtirilgan va ularga 2 mingga yaqin harbiy xizmatchilar jalb etilgan" - deyiladi Shimoliy Atlantika alyansi matbuot xizmati bayonotida.
Mashqlar ikki hafta davom etishi avvalroq xabar qilingan edi. Ular Amerika yadro kallaklarini olib yurishga qodir qiruvchi samolyotlardan foydalanadi, biroq bortga hech qanday harbiy qurol yuklanmaydi.