Yangi mudofaa doktrinasi doirasida NATO davlatlari qo‘llaniladigan uchuvchisiz qurolli samolyotlar orqali Rossiyadan kelayotgan «harbiy tahdid»ning oldini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi AQShning Yevropa va Afrikadagi armiyasi hamda NATOning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Kristofer Donaxyu tomonidan bayon etilgan konsepsiyaga tayanib xabar berdi.
«Donaxyu konsepsiyasi uchuvchisiz samolyotlar va avtonom qurollarga, shuningdek NATOning sharqiy chegaralarida ko‘proq va og‘irroq qurollarni joylashtirishga hamda ma’lumot almashinuvida qurolli kuchlar o‘rtasida yaxshiroq muvofiqlashtirishga katta e’tibor qaratadi», — deb yozadi nashr.