Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

NATO Rossiyani tajovuzkorlikda ayblamoqda

NATO Rossiyani tajovuzkorlikda ayblamoqda

Rossiya "qat’iyatli siyosat va tajovuzkor harakatlar"ni davom ettirmoqda. Bu haqda NATOning strategik hisobotida ma’lum qilindi.

"Rossiya NATO chegaralari yaqinida doimiy ravishda qo‘rqitadigan harbiy operasiyalarni olib boradi", deb yozadi RIA Novosti.

Hisobotda, shuningdek, "Evro-Atlantika mintaqasi xavfsizligiga salbiy ta’sir" Rossiyaning Qora va Boltiq dengizlari, Arktika va sharqiy O‘rta yer dengizi sohasidagi faoliyatiga tegishli ekanligi aytildi. Shuningdek, u Ukrainaga va Gruziyaga Moskva "tajovuz" qilayotgani ta’kidlangan.

"2030 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli istiqbolda Rossiya Shimoliy Atlantika alyansi uchun asosiy harbiy tahdid bo‘lib qolishi mumkin", deyiladi manbada.

Hisobotga ko‘ra, NATO Rossiyaga nisbatan ikki tomonlama yondashuvni davom ettirishi kerak.

Kiritildi: 12:48 02.12.2020. O'qildi: 2692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!