Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO delegasiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida

NATO delegasiyasi O‘zbekiston Qurolli  Kuchlar akademiyasida

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislarining "SHASHT haqida umumiy ma’lumot" mavzusidagi o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Delegasiya rahbari Patrik Jensson hamda NATO vakillari Kartsen Klemm, Rebekka Xansen, Endryu Karter O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan mas’ul ofiserlar bilan fikr almashuvlar chog‘ida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining tarixi, maqsad-vazifalari, jahon miqyosida erishgan muhim natijalari, siyosiy pozisiyasi hamda istiqboldagi sa’y-harakat platformasi ko‘lami xususida ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, bugungi geosiyosiy vaziyatlarning qiyosiy tahlillari, dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan qurolli to‘qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari va bu borada NATOning olib borayotgan tinchlikparvarlik siyosati xususida kechgan mulohazalar ham diqqatga sazovor bo‘ldi.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan ofiserlar kelgusi xizmatlari mobaynida ushbu dolzarb bilimlarga tayangan holda qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni har tomonlama odil, siyosiy hushyor holatda boshqarish ko‘nikmasining oshishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

 

Kiritildi: 21:16 22.10.2019. O'qildi: 1652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!