Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Nariman Grigoryanni instagramdagi tanishi o‘ldirgan

Nariman Grigoryanni instagramdagi tanishi o‘ldirgan

Qotil dizayner Narimon Grigoryan bilan bilan instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. Qisqa vaqt ichida uning o‘ziga to‘q ekanligini bilgach o‘zining qabih rejasini amalga oshirishga uringan, Markaziy studiya telekanaliga asosan

Qotillikda gumon qilinayotgan shaxs A.A. dizayner Narimon Grigoryan bilan 2019-yilning dekabr oylarida instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. U qisqa vaqt ichida dizaynerning o‘ziga to‘q ekanligini anglab yetgan va 2020 yilning 13 yanvar kuni ko‘nglidagi shum rejasini amalga oshirish payida bo‘lgan.

U qo‘liga pichoq va 1 l baklajkada benzin olib, Narimonga qo‘ng‘iroq qilgan va uning uyiga borayotganligini aytgan. 

Qotil dizaynerni u yashayotgan uyda o‘ldirib, marhumga tegishli elektron sigaret chekish moslamasi, 625 AQSh dollari, ikkita ayfon rusumli telefon apparati, naushnik va kaptiva rusumli avtomashina kalitini olgan. Marhumning ustiga esa benzinni sepib, yoqib yuborgan va xonadon eshigini yopib jinoyat joyidan uzoqlashgan.

Qotilga nisbatan  2020 yilning 17 yanvar kuni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan. 24 yoshli ayblanuvchining yonidan  marhum dizaynerga tegishli bo‘lgan 400 AQSh dollari, 1 million 60 ming so‘m pul, naushnik va 1 dona elektron sigaret chekish moslamasi dalil sifatida olingan.

Qotil tomonidan yoqib yuborilgan dizaynerning jasadi 1 va 2 % kuyganligi aniqlangan. Ayni damda mazkur jinoyat yuzaisdan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 15:51 24.01.2020. O'qildi: 4899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!