Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganlik yigit onasini qo‘rqitgan erkakka armatura bilan tashlandi

Namanganlik yigit onasini qo‘rqitgan erkakka armatura bilan tashlandi

Namangan. 2020 yilning 21 iyun kuni  soat 18:00 da jamaot joyi hisoblangan Norin tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan sartarosh xonasi kirish eshigi oldida  39 yoshli O.M. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tanishi 28 yoshli SH.J. bilan bir guruh bo‘lgan holda, qo‘lidagi pichoqni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib, M.V. (ayol) bilan tortishib turgan vaqtida, uning o‘g‘li 19 yoshli YU.M. hech bir sababsiz qo‘lida bo‘lgan temir armatura bo‘lagini namoyish etib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib,  bir-birlarini qo‘l va oyoqlari bilan badanlarining turli joylariga urib, do‘pposlab, bir-bilariga tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy eskpertiza xulosasiga ko‘ra O.M. va YU.M. lar “ENGIL” tan jarohatlarini olganliklari aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.M., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan, SH.J., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “v” va YU.M. 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ularning barchasi gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Kiritildi: 16:00 02.07.2020. O'qildi: 4836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!