Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganlik 60 yoshli onaxon shahardagi do‘konga o‘g‘irlikka kirdi

Namanganlik 60 yoshli onaxon shahardagi do‘konga o‘g‘irlikka kirdi

Shu yil 27 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25 noyabr kuni soat 15:00 dan soat 16:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Namangan shahrida joylashgan savdo do‘konidagi temir seyfida bo‘lgan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi,1960 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 28 noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:53 03.12.2020. O'qildi: 3652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!