Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganganlik fuqaro pichoqbozlik qurboni bo‘ldi

Namanganganlik fuqaro pichoqbozlik qurboni bo‘ldi

Namangan viloyati. 2020 yilning 07 mart kuni soat 15:00 da muqaddam sudlangan, 52 yoshli I.M., O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan hiyobonda tanishi 50 yoshli B.N., bilan o‘zaro janjallashib janjal davomida, yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib jarohat yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

Natijada, jarohatlangan B.N. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o‘limga sabab bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:24 10.03.2020. O'qildi: 2572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!