Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda yangi na’munaviy uy yashashga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Namanganda yangi na’munaviy uy yashashga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi Qosimov Azamat yozma murojaat etgan.

"Xabar.uz" nashriga ko‘ra, arizada «Qishloq qurilish invest» MCHJning 2018 yil 14 may kungi 11-sonli shartnomasiga asosan Chortoq tuman Do‘stlik MFY xududidagi uch qavatli na’munaviy uy joyidan birini fuqaro Qosimov Azamat 120 mln so‘m evaziga olganligi ammo uy shartnomada belgilangan tartibda ta’mirlanmaganligi sababli muammolar yuzaga kelganligi, yuqori qavatdan suv o‘tib ketgani sababli yordam so‘ragan.

Ushbu murojaat o‘rganilib, Federasiya aralashuvidan keyin xonadonning ta’mirtalab joylari iste’molchi istagiga muvofiq va shartnomada ko‘rsatilgan holatga keltirildi.

Kiritildi: 10:39 02.08.2019. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!