Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi

Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi

Namangan shahrida 1995 yilda tug‘ilgan, kasbi qassob bo‘lgan Olimxon ismli yigit ikki yarim million so‘m qarz olgan tanishi Muhsinovni pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida ko‘rib chiqildi. Guvohlar ko‘rsatmalari, daliliy ashyolar o‘rganildi.

O‘sha kuni Olimxon tanishi Muhsinovni «Bunyodkor» MFY hududidagi «Yoshlik baraka» bozori hududida uchratib, undan qarzini qaytarishni so‘raydi.  Biroq o‘rtada janjal kelib chiqadi. Atrofdagi odamlar ikkalasini ajratib, Muhsinovni bozordan chiqarib yuboradi. Shunda Olimxon Muhsinovning orqasidan yugurib borib, unga yonidagi oshxona pichog‘i bilan tashlanadi hamda Muhsinovga o‘ta og‘ir jarohat yetkazadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi  tomonidan Olimxonga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kiritildi: 15:45 27.10.2019. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!