Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda onasining nomida bo‘lgan mashinani boshqargan yigit piyodani urib yubordi

Namanganda onasining nomida bo‘lgan mashinani boshqargan yigit piyodani urib yubordi

2020 yil 2 dekabr kuni Namangan shahar "Yoshlik" mahallasi hududidagi “Mustaqillikning 10 yilligi” ko‘chasida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro, onasining nomida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

Natijada Namangan shahrida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 dekabr kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi aytilmoqda.

Kiritildi: 12:56 03.12.2020. O'qildi: 1886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!