Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda katta qimorxona faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda katta qimorxona faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 30 iyun kuni Namangan shahar IIO FMB TEQKB, JQB va DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish” jinoyati aniqlandi.

1963 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, hozirda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro yashash xonadonida qimorxona tashkil etib kelayotganligi bo‘yicha olingan ma’lumotga asosan uning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida ushbu fuqaro jami 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun yashash xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlandi, hamda voqea joyidan jami 34.867.000 so‘m pul, 1.120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340.000 so‘m miqdoridagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:19 07.07.2020. O'qildi: 3096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!