Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda fojia: baliq oviga chiqqan erkak halok bo‘ldi

Namanganda fojia: baliq oviga chiqqan erkak halok bo‘ldi

Baliq ovlash, ayniqsa, sinalmagan suv manbalarida bu ish bilan shug‘ullanish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Shahand qishlog‘ida yashovchi 65 yoshli Muhiddin Tojiboyevning baliq tutishga ishtiyoqi fojia bilan tugadi.

"Xalq so‘zi onlayn"ning yozishicha, qo‘shni Mingbuloq tumanidan oqib o‘tadigan, xalq tili bilan aytganda “Bomba” kanali deb nomlanuvchi inshootdan baliq tutish uchun tashlangan to‘rning orqasidan suzib borayotgan to‘rt nafar “ovchi”girdobga duch kelib qoladi.Sheriklari bir amallab undan uzoqlashishga muvaffaq bo‘ladilar. Muhiddin akani esa shiddat bilan oqayotgan suvning uyuri domiga tortadi.

Hodisa o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan edi. Ikki kunlik qidiruvdan so‘ng M. Tojiboyevning jasadi kanalning quyi qismidan qalqib chiqadi. “Yaxshi inson edi”, deyishadi hamqishloqlari uni xotirlab.

Kiritildi: 17:37 04.07.2019. O'qildi: 3129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!