Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda er-xotin falokatga uchradi: erkak halok bo‘ldi, ayolning ahvoli og‘ir

Namanganda er-xotin falokatga uchradi: erkak halok bo‘ldi, ayolning ahvoli og‘ir

Shu yilning 3 avgust kuni soat 21:30larda Namangan viloyati, Pop tumani, Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududida harakatlanayotgan «Neksiya” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan “M-412” rusumli avtomashina yo‘liga chiqib ketib, jiddiy to‘qnashuv sodir etdi. 

“M-412” avtomobilining tom qismiga yuklab, olib ketilayotgan qurilish temir bo‘laklari “Neksiya”ning ustiga tushib, zarbidan avtomashinaning oynalarini chil-chil qildi va yukxonani teshib o‘tdi. Oqibatda olgan zarblardan haydovchi shu yerning o‘zida halok bo‘ldi. Haydovchining yonida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i kasalxonaga olib borildi. Ayolning jarohatlari shifokorlar tomonidan og‘ir deb baholandi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB xodimlari hodisa bo‘lib o‘tgan hududda yashovchi aholi bilan uchrashib, falokatning kelib chiqish sabablari, tafsilotlari hamda ayanchli oqibati haqida suhbatlashdilar. Uchrashuv chog‘ida yo‘l harakati ishtirokchilari,  avvalo, tartibli harakatlanishi, atrofdagilarning hatti-harakatini baholay olishi, haydovchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lishi haqida gapirib o‘tishdi. Ehtiyotkorlik bilan birga xaydovchilar harakatlanish jarayonida chalg‘ituvchi omillardan voz kechishlari, diqqatni faqat yo‘lga qaratishlari lozimligini alohida ta’kidlashdi. Ota-onalarga farzandlarini yo‘l qatnov qismidan uzoqroqda o‘ynashlarini nazoratga olish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 16:22 09.08.2020. O'qildi: 4305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!