Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda bojxonachilar somon ostiga yashirilgan 2,7 milliard so‘mlik dori-darmonlarni fosh etdi

Namanganda bojxonachilar somon ostiga yashirilgan 2,7 milliard so‘mlik dori-darmonlarni fosh etdi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tovar moddiy boyliklarni yurtimizga yashirincha olib kirilishi va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda “Yangiqo‘rg‘on” tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida yirik qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Namanganda bojxonachilar somon ostiga yashirilgan 2,7 milliard so‘mlik dori-darmonlarni fosh etdi  Namanganda bojxonachilar somon ostiga yashirilgan 2,7 milliard so‘mlik dori-darmonlarni fosh etdi

Qo‘shni davlat bilan chegaradosh bo‘lgan mazkur tuman hududida tun qorong‘usida harakatlanib ketayotgan traktor sergak xodimlarning e’tiborini tortdi. Bir qarashda “TTZ-28” rusumli traktor tirkamasiga  somon o‘ramlari ortilgan edi go‘yo. Ammo, ushbu somon o‘ramlari osti sinchiklab tekshirilganda hammasi oshkor bo‘ldi.

Qarangki, fuqaro M.K. boshqaruvidagi mazkur traktor tirkamasiga ortilgan somon o‘ramlari ostiga umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etuvchi, 4 turdagi, 9229 dona sifati kafolatlanmagan dori-darmon  vositalari hamda 1010 metr matolar uddaburonlik bilan yashirilgan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:37 08.08.2020. O'qildi: 2794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!