Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 80 ta maktab xodimini beton quyishga majburlagan rahbar jazolandi

Namanganda 80 ta maktab xodimini beton quyishga majburlagan rahbar jazolandi

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati Namangan viloyati, Kosonsoy tuman markazida tashkil etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holatini o‘rganib chiqdi, deb xabar bermoqda XTV matbuot xizmati.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, 28 iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir ta’lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

Topshiriqqa asosan, 29 iyun kuni tuman xalq ta’limi tizimining 80 nafar texnik ishchi xodimlari yangi barpo etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida “shanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga M.Alloxonova tayinlangan.

80 nafar ishchi xodimlarning majburiy mehnatga jalb etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Bosh prokurori nomiga joriy yilning 4 iyul kuni xat yuborilgan.

Bundan tashqari, xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirdi.

"O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:25 10.07.2019. O'qildi: 1945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!