Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda 10 nafar fuqaroni aldagan ayollar qo‘lga tushdi

Namanganda 10 nafar fuqaroni aldagan ayollar qo‘lga tushdi

Namangan. 2019 yilning noyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida To‘raqo‘rg‘on tumanida 34 yoshli A.O. va 41 yoshli U.X., lar oldindan jinoiy til biriktirib, 10 nafar fuqarolarga kredit olib berishni va’da qilib, aldab ularning nomlariga ish haqi to‘g‘risida soxta ma’lumotnoma tayyorlab, 10 nafar fuqaroning nomiga jami bo‘lib 134.033.396 so‘mlik maishiy texnika vositalarini qo‘lga kiritib, ushbu texnika vositalarini sotib yuborib, pullarini o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (hujjatlarni qalbakillashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 14:01 20.03.2020. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!