Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Namangan va Samarqandda fermer xo‘jaliklari 450 mln so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi

A A A
Namangan va Samarqandda fermer xo‘jaliklari 450 mln so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi

Namangan va Samarqand viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan. Unda “I.N.” va “Q.A.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari yer maydonini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Bulung‘ur va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT D.A., “S.B.” hamda “T.S.H.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 245 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:48 13.07.2024. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!