Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)

Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan temir yo‘l vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)

Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yo‘l transporti xizmatini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida vokzalda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, korxona o‘z mablag‘i va O‘zmilliy bank kredit mablag‘larini yo‘naltirgan holda 24 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron ma’lumotlar markazi, kutubxona, milliy sovg‘alar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha bo‘limlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qo‘shimcha ravishda o‘ttiz uch o‘rinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yo‘l vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning o‘zida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yo‘lovchiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vokzal Farg‘ona vodiysi xalqa temir yo‘li bo‘ylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bog‘lanishida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)Namangan safari tugadi. Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi (FOTO)

 

Kiritildi: 18:26 27.06.2020. O'qildi: 2682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!