Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nahotki? Musulmon shifokorning 400 nafar ayolni bepusht qilib qo‘ygani rostmi?

Nahotki? Musulmon shifokorning 400 nafar ayolni bepusht qilib qo‘ygani rostmi?

Shri-Lankada musulmon shifokorning 4000 buddaviy ayolni bepusht qilib qo‘ygani haqidagi ayblov umuman asossiz bo‘lib chiqdi. Bu haqda IslamNews xabar bermoqda.

Seigu Shihabuddin Muhammad Shafi ismli shifokor haqidagi gap-so‘zlar mamlakatda to‘polonlarga olib kelgan edi. Bunga esa Divaina nomli gazeta sabab bo‘ldi. Nashrning 23 maydagi sonida go‘yoki Shafi 4000 buddaviy ayolni ulardan bexabar holda sterilizasiya qilgani to‘g‘risida xabar bosildi. Ertasi kuni shifokorni polisiya hibsga oldi.

Huquq-tartibot organlari o‘tkazgan tekshiruvda Shafi hech qanday sterilizasiya o‘tkazmagani ma’lum bo‘ldi. Ish doirasida Krunegala shahridagi kasalxonaning qirq nafar xodimi so‘roq qilindi. Ularning hech biri shifokorning noqonuniy harakat qilganini tasdiqlamadi.

Kiritildi: 11:06 09.07.2019. O'qildi: 3128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!