Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nahotki! COVID-19 sabab bolalar o‘rtasidagi nikohlar ko‘paydi

Nahotki! COVID-19 sabab bolalar o‘rtasidagi nikohlar ko‘paydi

Hindistonda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin paytida bolalar nikohlari soni ko‘paydi.

Buning sababi esa karantin choralarning iqtisodiy oqibatlari bo‘ldi: ko‘plab oilalarning daromadi pasayib ketdi, bolalarni boqish uchun mablag‘ qolmadi.

Bu haqda “The Indian Express” xabar bermoqda.

Rasmiy ravishda Hindistonda bolalar nikohi taqiqlangan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, Hindistonda qiz bola 18, o‘g‘il bola esa 21 yoshdan keyin oila qurishi mumkin. Biroq amalda, bu taqiq har doim ham ish bermaydi va shu bois bir vaqtning o‘zida bir nechta shtatlarda bolalar nikohining o‘sishi kuzatilmoqda.

Hindistonning g‘arbiy Maxarashtra ayollar va bolalar ishlari bo‘yicha departamentining xabar berishicha, shtatda martdan iyungacha ularga anonim insonlar tomonidan yetib kelgan xabarlardan so‘ng 80 ta shunday nikohlar to‘xtatilgan. Janubda, Telangan shahrida esa martdan iyunga qadar tashkilot 218 ta shunday holatlarga aralashgan. Tamil Nadu shtatida esa iyun oyida bolalar nikohlari soni 40 taga yetgan.

"COVID-19 bu ijtimoiy yovuzlikning “gullab-yashnashi” uchun juda yaxshi zamin bo‘lib xizmat qildi", deydi Tiruvannamalayaning ijtimoiy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Kristin Dorti.

Ijtimoiy faollarning ta’kidlashicha, vaziyatga bolalar kuniga kamida bir marta ovqatlanishlari mumkin bo‘lgan maktablarning yopilishi ham ta’sir ko‘rsatgan.

Hindistonda hukumat bolalar nikohi sonini kuzatmaydi. Ushbu muammo bilan, asosan, notijorat tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlari shug‘ullanishadi. Ammo ular har doim bunday nikohlarning oldini ololishmaydi.

"Biz hozir ko‘rayotgan narsa aysbergning uchi, xolos", - deydi ijtimoiy ishchi Chejyan Ramu.

Kiritildi: 21:25 11.07.2020. O'qildi: 6402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!