Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Nahotki! AQSh harbiylari tasodifan NUJlar bilan to‘qnashib ketdi

Nahotki! AQSh harbiylari tasodifan NUJlar bilan to‘qnashib ketdi

AQSh harbiy dengiz kuchlari amerikalik uchuvchilar tomonidan otib o‘ldirilgan noma’lum uchar jismlar (NUJ)lar bilan bog‘liq Internetda tarqalgan videolarning haqiqiyligini tan oldi. Bu haqida Moskva24 xabar bermoqda.

Popular Mechanics jurnalining ta’kidlashicha, 2004 va 2015 yillarda suratga olingan videolar ommaga oshkor qilinmasligi kerak edi, ammo qandaydir tarzda ular Internetda sizdirildi.

Videoda AQSh harbiy samolyotlarining NUJ bilan to‘qnashuv vaqti tasvirlangan. Iyun oyida senatorlar yopiq eshiklar ortida noma’lum uchar jismlar muammosini muhokama qilishgandi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy dengiz kuchlari Senatga uchuvchilar bunday hodisalarga duch kelganlarini ta’kidlashdi.

 

Kiritildi: 20:50 18.09.2019. O'qildi: 4301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!