Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Muxlisa Azizova: “Choy” uchun servis berilganini oqlamagan bo‘lardim”

Muxlisa Azizova: “Choy” uchun servis berilganini oqlamagan bo‘lardim”

Rejissyor Muxlisa Azizova Kann shahrida o‘tgan ENTRE 2 Marches qisqa metrajli filmlar ijodiy loyihasida gran-prini qo‘lga kiritgan Shokir Xoliqovning “Choy” filmi to‘g‘risida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deydi "togri.uz".

Umumiy jihat – Kann shahri xolos

Muxlisa Azizova o‘zbekistonlik ijodkorning gran-prini qo‘lga kiritishini katta yutuq deb atagan:

“72-Xalqaro Kann festivali doirasida asosiy konkurs va boshqa konkurslar bor, unga umuman aloqasi bo‘lmagan festival edi u. Yagona aloqador tomoni – ikki festival ham Kann shahrida parallel o‘tkazilgandi. U tanlovda yosh va havaskor kinoijodkorlar imkoniyati cheklangan insonlar to‘g‘risida ishlar namoyish etilgan.

Qanday festival bo‘lishidan qat’i nazar xalqaro festival tashkil etish juda qiyin. Qisqa metrajli filmlar festivali menda ularga nisbatan katta hurmat uyg‘otdi. O‘zbekistondan borgan ijodkorning tanlovda yutishi katta yutuq, lekin bu muvaffaqiyatning Xalqaro Kann festivaliga va uning atrofidagi boshqa tadbirlarga umuman aloqasi yo‘q”.

“Sovg‘aning katta-kichigi bo‘lmaydi”

“Shokir Xoliqovga servis berilishini oqlamagan bo‘lardim. Sovg‘aning katta-kichigi bo‘lmaydi. Bu narsa juda noto‘g‘ri talqinda ketdi. Masalan, sizga sovg‘a berishsa,‌ uni katta yoki kichik sovg‘a ekan-ku,‌ deb, rasmga tushib, qo‘yishning o‘zi ham, o‘ylaymanki, biroz nobop vaziyatga sabab bo‘ladi.

Ijodkor e’tirof etilgach, yangi film olishni xohlaydi. Men aniq bilaman, o‘sha ijodkorimiz “O‘zbekkino” milliy agentligiga borganda, keyingi filmlarini agentlik moliyalashi aytib o‘tilgan. O‘ylaymanki, servis emas,‌ avvalo shu jihat asosiy planga olib chiqilishi kerak edi”.

Kiritildi: 06:00 23.08.2019. O'qildi: 2090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!