Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mutlaqo boshqa: koronavirusning dastlabki alomati ma’lum bo‘ldi

Mutlaqo boshqa: koronavirusning dastlabki alomati ma’lum bo‘ldi

Butun dunyo shifokorlari koronavirusning barcha xususiyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganmoqdalar. Hindistonning Mumbay shahridagi tibbiy laboratoriyani boshqaradigan rus olimi Aleksandr Kuxarchuk internet foydalanuvchilariga yangi ma’lumotlar bilan murojaat qildi.

Mutaxassis "Nima uchun biz koronavirusni yuqtiryapmiz?" degan savolni izohladi.

"Birinchi sabab — odamlar koronavirus infeksiyasining birinchi alomatlarini bilmasliklari. JSST internet orqali bizga SOVID-19ning eng ko‘p uchraydigan alomatlari isitma, charchoq va quruq yo‘tal ekanligini, ba’zi bemorlarda og‘riq, burun bitishi, burun oqishi, tomoq og‘rig‘i yoki diareya kuzatilishini ta’kidladi", — deb tushuntirdi Kuxarchuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yozganiga qaramay, aslida, virusning dastlabki alomati butunlay boshqacha. 

"Yuqoridagi alomatlar nega endi dastlabki ekan? COVID-19ga chalinishning 200 dan ortiq alomatlari aniqlandi. Ularning orasida eng birinchi kuzatilgani isitma va charchoq emas, balki bosh og‘rig‘idir!

Bu shuni anglatadiki, odamlar va shifokorlar koronavirus infeksiyasiga nisbatan ko‘proq ogoh bo‘lishlari kerak — SARS, ichak infeksiyalari, gripp, teri kasalliklari va asab kasalliklariga xos bo‘lgan har qanday alomatlar endi COVID-19 ning boshlang‘ich alomati sifatida qaralishi kerak!", dedi shifokor.

Shu bilan birga, shifokor yosh va sog‘lom insonlar uchun koronavirus xavfli emasligi haqidagi fikr yolg‘on ekanligini ta’kidladi: "Yo‘q! Nega endi xavfli emas? Mana, men ishlayotgan Hindistonni misol qilaylik. Maktablar va bolalar bog‘chalari anchadan beri yopilgan, universitetlar va kollejlar ham. Barcha mashg‘ulotlar masofadan turib davom yetmoqda. Keksalar boshidanoq uyda o‘tirishibdi.

Natija: kasallarning asosiy qismi yoshlar, ishlaydigan odamlar, o‘limlarning asosiy qismi esa mehnatga layoqatli odamlardir!".

Kiritildi: 15:55 20.10.2020. O'qildi: 5463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!