Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mutaxassislar: “COVID-19 vaksinasi hammaga yetmaydi”

Mutaxassislar: “COVID-19 vaksinasi hammaga yetmaydi”

Mutaxassislar farmasevtika kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilib, birinchi yilda Yerning har o‘ninchi aholisigina koronavirusga qarshi vaksinaga ega bo‘lishini aniqlashdi.

Umuman olganda, 2021 yilda taxminan ikki milliard doz ishlab chiqariladi. Barqaror immunitetni hosil qilish uchun ba’zi turdagi vaksinalarni ikki marta inson tanasiga kirgizish kerak bo‘ladi.

“Ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin bo‘lsa ham, 2022 yil oxiriga kelib dunyo aholisining yarmidan kamrog‘igina himoyaga ega bo‘la oladi”, deb xabar bermoqda “SkyNews”.

Bu shuni anglatadiki, sayohat cheklovlari, ijtimoiy masofa qoidalari va boshqa cheklov choralari yana ikki-uch yil davom etishi lozim.

Kiritildi: 22:37 20.09.2020. O'qildi: 3195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!