Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Murodjon Ahmadaliyev ikkita chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Murodjon Ahmadaliyev ikkita chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

30 yanvar kuni amaldagi chempion Deniel Roman va IBF (International Boxing Federation World Super Bantam Title)va WBA (World Boxing Association Super World Super Bantam Title) unvonlariga da’vogar Murodjon Ahmadaliyev uchrashadi.

Ushbu boks uchrashuvi AQSh Florida shtatining Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joizki, bokschilar aslida 2019 yilning 13 sentyabrida uchrashishlari lozim edi. Lekin o‘shanda Deniel Roman chap yelkasi jarohati tufayli jangdan olindi va o‘z unvonlarini himoya qilishdan bosh tortishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev kolumbiyalik bokschi Uilner Soto bilan jang o‘tkazib, uni to‘rtinchi raunddayoq nokautga uchratgani xabar qilingan edi. O‘zbekistonlik bokschi uchun ushbu g‘alaba professional boksdagi yetti g‘alabadan yettinchisi (oltitasida nokaut bilan) bo‘ldi.

 

Kiritildi: 19:16 23.01.2020. O'qildi: 2895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!