Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Murat Kamalov Nukusda o‘rnatilgan archa uchun Toshkent hokimiga minnatdorchilik bildirdi

Murat Kamalov Nukusda o‘rnatilgan archa uchun Toshkent hokimiga minnatdorchilik bildirdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Nukusda o‘rnatilgan yangi yil archasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Hurmatli do‘stimiz Ortiqxo‘jayevga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Biz Qoraqalpog‘istonda shunday archa o‘rnatdikki, Nukus shahrida bunday chiroyli archa hali bo‘lmagan. Hamma boryapti, yoshlarning barchasi hozir u erda vaqtini o‘tkazmoqda. Buning uchun unga katta rahmat», — dedi u Senatning o‘ninchi yalpi majlisida.

Murat Kamalov Nukusda o‘rnatilgan archa uchun Toshkent hokimiga minnatdorchilik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Toshkent shahar hokimi prezidentga Nukus markaziy qismining istiqbolli loyihasini taqdim etgan edi. Shaharda ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish va kengaytirish, shuningdek, ko‘llar va hiyobonlar yaratish, turar-joylar qurish, IT-parklar va yana boshqa ob’ektlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 19:45 23.12.2020. O'qildi: 2630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!