Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisidagi g‘alabali yurishini davom ettirdi

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisidagi g‘alabali yurishini davom ettirdi

Xabar berganimizdek, bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisining navbatdagi bosqichi o‘tkazilyapti.

Musobaqada super yengil vazn toifasidagi bellashuvlarda bahs olib borayotgan hamyurtimiz Mujibillo Tursunov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Meksika vakili Mishael Kabreraga qarshi kechgan bellashuv to‘liq 6 raund davom etdi. Yakunda Tursunov hakamlarning yakdil qarori bilan (58:55, 57:56, 57:56) zafar quchdi.

Bu g‘alaba orqali Mujibillo turnirning yarim final bosqichiga yo‘l oldi. U endi keyingi jangini oktyabr oyida o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:39 13.08.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!