Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Mo‘g‘ulistonning “Energy Resources” kompaniyasini Osiyodagi eng yaxshi kompaniyalaridan biri deb tan olindi

Mo‘g‘ulistonning “Energy Resources” kompaniyasini Osiyodagi eng yaxshi kompaniyalaridan biri deb tan olindi

“Finance Asia” nashri Osiyodagi 2019 yilning eng yaxshi moliyaviy loyihalar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “ca-news.org” xabar berdi.

Reytingga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonning 5 yillik obligatsiyalari qiymati 440 mln dollar bo‘lgan "Mongolian Mining Corporation" konchilik korporasiyasining “Energy Resources”kompaniyasi birinchi o‘rinni egallagan. Obligasiyalar xalqaro bozorda sotilganligi sababli kompaniya qayta moliyalashtirish kreditini muvaffaqiyatli topshirgan.

Tanlov 2018 yil dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyoning 18 mamlakati, shu jumladan, Xitoy, Gonkong, Janubiy Koreya, Vetnam, Tailand va Tayvan bilan moliyaviy operatsiyalarni  olgandi.

Mo‘g‘uliston esa jahon fond bozorida yangi "o‘yinchi" bo‘ldi.

Endi kompaniyaning eng yaxshi loyihalar ro‘yxatidagi o‘rni valyuta oqimini jalb qilish va mo‘g‘ul kompaniyalarini moliyalashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: 21:15 13.12.2019. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!