Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Muftiy musulmonlarga jamoat joylarida namoz o‘qimaslikni maslahat berdi

Muftiy musulmonlarga jamoat joylarida namoz o‘qimaslikni maslahat berdi

Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov musulmonlarga jamoat joylarida namoz o‘qimaslikni maslahat berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

U boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaslik, "real voqelik va konstitusiyaviy tartibni hisobga olgan holda" ibodat uchun joy tanlashga maslahat berdi.

Rossiyalik muftiyning ushbu bayonoti internet tarmog‘ida tarqalib ketgan - uylarning biri oldida ibodat qilayotgan ovqat yetkazib beruvchi kuryerlar aks etgan fotosuratlarning qizg‘in muhokamasidan so‘ng yangradi.

Ushbu suratlarni Moskvadagi Novogireevo tumanida istiqomat qiluvchi kishi joylashtirgan.

Surat ostida ular hamisha jonajon "Makdonalds" orqasidagi yalanglikka o‘tib, ibodat qilishlari haqida izoh qoldirilgan, ushbu holat mahalliy aholini havotirga solayotgan bo‘lishi ehtimoli bor, huquq-tartibot idorasi vakillari esa murojaatlarga javoban hech qanday chora ko‘rmagan.

Internet foydalanuvchilari bu suratlarni faol ravishda muhokama qilishni boshlashdi.

Muftiy dindorlar "jamoat joylarida, namoyishkorona" namoz o‘qimasliklari, boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaslik kerakligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Alyautdinov musulmon uchun har kuni o‘z vaqtida besh vaqt namoz o‘qish farz ekanligini eslatdi. Axir inson qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, namozni belgilangan vaqtda o‘qishi, atrofdagilar esa buni to‘g‘ri tushunmoqlari zarur.

"Xudoning marhamati shundaki, davlatimiz katta, joylarimiz ko‘p. Odamlarni bezovta qilmasdan, tinchgina ibodat qilish uchun ko‘zdan pana bo‘lgan joylarni topish mumkin", - deb qo‘shimcha qildi muftiy.

 

Kiritildi: 15:34 20.02.2020. O'qildi: 5730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!