Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada charter reyslari tashkil etilishini kutayotgan vatandoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida

Moskvada charter reyslari tashkil etilishini kutayotgan vatandoshlarga  yaratilgan sharoitlar haqida

Joriy yil 31 mart kuni Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalarida «Domodedovo» (Moskva) xalqaro aeroportidan charter reyslarida uylariga qaytishni istagan 300 ga yaqin Markaziy Osiyolik mehnat muhojirining chiqarib yuborilgani to‘g‘risidagi xabarlar chop etildi.

❗️O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi «Domodedovo» va «Jukovskiy» aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining to‘planishi faktini rad etdi.

Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, «Vnukovo» va «Sheremetyevo» aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan.

✔️ Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar hostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan. Yurtdoshlarimizga yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, vatandoshlarimizga kuniga 3 mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

«Dunyo» AA

Kiritildi: 21:27 01.04.2020. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!