Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskva IIV Migrasiya bosh boshqarmasi muhim murojaat bilan chiqdi

Moskva IIV Migrasiya bosh boshqarmasi muhim murojaat bilan chiqdi

Rossiya IIV Moskva migrasiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi Rossiya Federasiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakat hududida migrantlarning huquqiy maqomini tartibga solish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Mazkur qaror 2021 yil 15 iyungacha amal qilishi tufayli 1 maydan to hozirgi kungacha Moskvada ishlash maqsadida patent olish uchun arizalar bilan kelgan xorijiy fuqarolarning oqimi 2 baravarga oshdi. Migrantlar asosan soat 8-00 dan 12-00 gacha migrasiya markaziga kelishi kuzatilmoqda.

Moskva shahrining "Ko‘p tarmoqli migrasiya markazi" har kuni, dam olish va ta’til kunlarisiz, soat 8-00dan 20-00 gacha patentlarni rasmiylashtirish uchun arizalarni qabul qiladi, deb xabar qildi Moskva IIBB.

Chet el fuqarolari to‘planib qolmasligi va nizoli vaziyatlarning oldini olish maqsadida Moskva “Ko‘p tarmoqli migrasiya markazi"da xorijiy fuqarolarni qabul qilish oynalari soni ko‘paytirilib, ish vaqti soat 7-30dan 20-00 gacha uzaytirildi.

Xorijiy fuqarolarga murojaat qilgan kunida, shu jumladan ish vaqti tugagandan so‘ng oxirgi mijozga qadar xizmatlar ko‘rsatiladi.

IIBB navbatlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar buzilmasligi uchun butun ish kuni davomida patent olish uchun hujjatlar bilan murojaat qilish tavsiya qildi.

Kiritildi: 14:22 13.05.2021. O'qildi: 5367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!