Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

“Mon Reve”ning sirli rahbari — "Laylo" fosh etildi

“Mon Reve”ning sirli rahbari — "Laylo" fosh etildi

Bir necha kun avval “Mon Reve” tashkiloti haqida surishtiruv ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Yaqinda tashkilot xodimi saytimizga murojaat qilib intervyu olishni so‘radi. Uning aytishicha, tashkilot rahbari “Laylo” deb tanilgan. Eng qizig‘i xodimlari uni xatto ko‘rishmagan. Tashkilot xodimining aytishicha 11 million 721 ming so‘m oldindan to‘lov evaziga ishchilarga Fransiya stilida tikish-bichishni o‘rgatishni va keyinchalik 12 million so‘m maosh to‘lanadigan ishga olishni va’da qilgan.

Ishchilar esa bu shartga rozi bo‘lib pul to‘lashgan. Buni qarangki, tikish-bichish hech qanday fransuz stilida o‘rganilmagan. Xodimning aytishicha, ularga faqat ignadan ip o‘tkazish kabi oddiy uy bekasi eplay oladigan ishlarni o‘rgatib keyinchalik maoshni ham berishmagan. Shu tariqa ular  5 oy maoshsiz ishlagan.

Tovlamachilik asosida bunyod etilgan “Mon Reve” tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yildi va sirli rahbari fosh etildi.

U 1983 yil 1 sentabrda  Jizzax viloyatida tug‘ilgan Karimova Munira Olimovna bo‘lgan,  1 nafar farzandning onasi. Ma’lumotlarga ko‘ra u avval muqaddam 3 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bugungi kunda u soxta “Laylo” ismi ostida tashkilot rahbari sifatida noqonuniy ishlarini yuritib kelgan. “Mon Reve” nomi ostida faoliyat yuritib kelib, sodda odamlarni chuv tushirgan. 

M.Karimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) hamda 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pul topish yo‘lida osongina shartlarga rozi bo‘lib tovlamachilar qatorini kengaytirgandan ko‘ra, hamma narsaga shubha bilan qarab yurish davr talabidir.

Kiritildi: 17:57 24.01.2020. O'qildi: 5714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!