Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Molxonasidan osilgan holda topilgan sobiq hokim yordamchisi haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Molxonasidan osilgan holda topilgan sobiq hokim yordamchisi haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida hokim yordamchisi o‘zini osgani haqida xabar bergan edik.

Holat yuzasidan tumani hokimligi Matbuot xizmati qushimcha ma’lumotlarni taqdim qildi.

Ta’kidlanishicha, Mirzaraximov Farxod Polvontosh mahalla fuqarolar yig‘inida 2022 yil 11 yanvardan boshlab, hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.

F.Mirzaraximovning dadasi A.Mirzaraximov 2021 yilda og‘ir xastalikka chalinganligi, so‘ngra, onasi R.Mirzaraximova og‘ir xastalik bilan kasallanib, vafot etgandan so‘ng, F.Mirzaraximov ishga sovuqqonlik bilan qaragan.

Oilasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan. 2022 yil mart oyi davomida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ichkilik ichishni davom ettirgan. 2022 yil 1 aprel kuni o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotgan ushbu holat lavozimidan bo‘shaganidan so‘ng bo‘lgan.

Kiritildi: 09:55 14.05.2022. O'qildi: 5042 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!