Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Moliya vaziri: "Va’da bera olmaymiz. Buning iloji yo‘q"

Moliya vaziri: "Va’da bera olmaymiz. Buning iloji yo‘q"

Bugun 25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari — Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari — Akmal Saidov, Moliya vaziri — Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri — Ruslan Davletovlar ishtirok etishmoqda.

Sessiyada O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov raqamli iqtisodiyot va inflyasiya haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

Raqamli iqtisodiyot bugun milliy iqtisodiyotning qiyofasini o‘zgartiryapti, iqtisodni shaffof amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyot iqtisodda samaradorlikni oshiradi, mehnat unumdorligi ortadi. Biz hujjatlarni qog‘ozdan elektron tizimga olib chiqamiz.

Shuningdek, vazir YAIM va inflyasiya haqida shunday dedi:

Biz YAIMni ko‘paytirmasak, odamlarni hech qachon boy qila olmaymiz.

2020 yil Inflyasiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Ayniqsa, paxta va g‘allaga davlat zakazi bekor qilinsa, paxta va g‘alla egasi yarmarkalarda o‘z narxini qo‘yadi. Bu esa narx-navo o‘sishiga olib keladi.

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “murojaatda aytilgan grantlar va qo‘shimcha xarajatlar byudjetga zarar bo‘lmaydimi“, degan savol ham berildi. Qo‘chqorov moliya vaziri sifatida, bu yerda byudjetga yuk bo‘ladigan ortiqcha xarajatlarni ko‘rmayapman, dedi.

Kiritildi: 18:28 25.01.2020. O'qildi: 5903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!