Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Moliya vaziri O‘zbekistonda kambag‘allikni yo‘qotishning 3 ta yo‘lini aytdi

Moliya vaziri O‘zbekistonda kambag‘allikni yo‘qotishning 3 ta yo‘lini aytdi

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda kambag‘alchilikni yo‘q qilishga qaratilgan chora tadbirlar haqida qo‘yidagilarni aytib berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Jamshid Qo‘chqorov aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan, kambag‘allarga yordam berish tizimlari samarali emas. Shuning uchun ularning natijalari ham yuqori emas. 

Moliya vazirligi bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqqan. 

  1. Birinchi navbatda kambag‘allar sonini hisoblab olamiz, deydi Qo‘chqorov. Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda kam daromadli aholi 11,8%ni tashkil qiladi. Bu 4.5 – 5 million kishi bo‘lishi mumkin.   
  2. Kambag‘allikni kamaytirish buyicha prognozlar ishlab chiqamiz. 
  3. 2020 – 2025 yillarga mo‘ljallangan, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan strategiya ishlab chikamiz.

Aslida ushbu strategiya bugungi kunda ishlashni boshlagan. Jahon banki Fargona viloyatida kichik tadbirkorlik korxonalari uchun 200 million dollarlik kredit liniyasi ochgan. Bu loyiha qishloq hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun 125 000 dollargacha bulgan kreditlar berish. 

"Birovga nafaqa berish orqali kambag‘allikni kamaytirib bo‘lmaydi. Faqat ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish - bu ishda yordam berishi mumkin", - deydi vazir.

Kiritildi: 19:02 27.01.2020. O'qildi: 7182 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!