Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Model o‘z erini pichoq bilan o‘ldirdi

Model o‘z erini pichoq bilan o‘ldirdi

Sankt-Peterburgning Gagarin ko‘chasidagi kvartiralardan birida shafqatsiz qotillik sodir bo‘ldi. Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, janjal paytida xotin erining ko‘kragiga pichoq urgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan, ammo uni qutqarishning imkoni bo‘lmagan.

Ayni paytda ayolga qarshi profilaktika chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

Manbaning yozishicha, bu "Vogue" jurnalining modeli Liliya Sudakova va uning eri o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea. Erkak sevgilisini mehmonga olib kelgan. Uning mehmonga aytgan iltifotlari xotiniga yoqmagan. Oqibatda o‘rtada janjal kelib chiqqan va ayol eriga pichoq urgan. Keyinroq ayolning o‘zi polisiyaga kelib, aybini tan olgan.

Kiritildi: 14:38 01.12.2020. O'qildi: 3299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!