Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mobil qurilmalar 1 dekabrdan pulli asosda ro‘yxatga olinadi

Mobil qurilmalar 1 dekabrdan pulli asosda ro‘yxatga olinadi

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, mobil qurilmalar:

- 2019 yil 1 noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

- 2019 yil 1 noyabrdan – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikasiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul.

Ammo 2019 yil 1 dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

Nizomga ko‘ra, mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga murojaat bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avval ro‘yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro‘yxatga olinmaydi.

 

Kiritildi: 14:41 18.09.2019. O'qildi: 3100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!