Misrning Sharm ash-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida Qatar amiri idorasining uch nafar diplomati halok bo‘ldi.
Bu haqda 12-oktyabr, yakshanba kuni Qatarning Misr poytaxti Qohiradagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Elchixona bayonotiga ko‘ra, halok bo‘lgan diplomatlar —
Saud bin Tamer Al Tani, Abdulla G‘anim Al Xayarin va Hasan Jobir Al-Jobir ekanligi tasdiqlangan.
Hodisa natijasida jarohat olganlar mahalliy shifoxonada davolanmoqda.
Elchixona ma’lumotida ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan diplomatlar jasadlari 12-oktyabr kuni Dohaga yetkaziladi.